Plastik jarrohlik — operatsiya turlari, tendentsiyalar, afzallik va kamchiliklari, tarixi

Plastik jarrohlik — jarrohlikning bir bo’limi bo’lib, u insonning a’zolari, to’qimalari yoki tanasi yuzasining deformatsiyalari va nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan operativ aralashuvlar bilan shug’ullanadi.

Ko’pincha quyidagi plastik operatsiyalar o’tkaziladi: burunni, iyakni va quloqlarni korrektsiya qilish, peshona va bo’yin terisini torttirish, blefaroplastika, qoshlar plastikasi, lablarni korrektsiya qilish, botoks bilan in’yektsiya qilish, qorin va bel sohasida liposaktsiya, ko’krakni kichraytirish va korrektsiya qilish, qo’llarni yoshartirish; «Galife» sohasida liposkatsiya, dumbalarni kattalashtirish, kichik va katta jinsiy lablarning shaklini o’zgartirish.

plastik operatsiya haqida ma'lumot

Plastik jarrohlik tarixi

Yunonchadan tarjima qilinganda, «Plastikos» — «shakl yaratish» degan ma’noni anglatadi, lotinchada «plastikus» — «shakllantiruvchi» degani.

Ushbu so’zlar plastik jarrohlarning nima qilishini eng yaxshi tarzda ifodalab beradi. Tibbiyot tarixi mobaynida inson qiyofasini tiklash bo’yicha amaliyotlar amalga oshirilmagan hech qanday davr bo’lmagan. Misrda papirus ixtiro qilingan davrlarda (mil. avv. 1600 yil) ham jarrohlar operatsiyalarining estetik jihatlariga e’tibor qaratganlar. Papiruslarda ta’riflangan amaliyotlar uslubining asosi qadimgi ma’lumotlarga asoslangan deya, plastik jarrohlik yanada oldingi muddatlarda — mil. avv. 3000 yilda mavjud bo’lgan deb taxmin qilish mumkin.

Hindistonda mil. avv. 800 yilda burunni tuzatish uchun plastik jarrohlik amaliyoti amalga oshirila olingan, buning uchun peshona yoki yonoqlardagi teridan foydalanilgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan Qadimgi Xitoylik shifokor Bian Qu`ning saqlanib qolgan hujjatlarida u ko’z va quloqda o’tkazgan operatsiyalarini ta’riflab bergan. Miloddan avvalgi 150-208 yillarda Xitoyda yashagan taniqli doktor Xua To, turli plastik operatsiyalarni o’tkazish bo’yicha batafsil ma’lumotlar bo’lgan yozmalar qoldirgan. Xitoy shifokorlarining qaydnomalarida «quyon lab»ni tuzatish uchun operativ aralashuvlar, shuningdek, qomat va ko’rinishni tuzatishga qaratilgan muolajalar haqida ma’lumotlar bo’lgan.

XVII asrga qadar Hindiston jarrohligining yutuqlari yevropaliklarga qaraganda ustunroq edi. Yevropada bunday operatsiyalarning faqat alohida holatlari aniqlangan. Milodiy 7 asrda Iskandariyada Paulos Ayjinskiy juda katta bo’lgan erkak ko’kragini kichraytirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirgan. Bunday kasallik ginekomastiya deb nom olgan. Erkaklar ko’krak hajmini kichaytirish bo’yicha operatsiyalar zamonaviy jarrohlikda ham o’tkaziladi. Ortiqcha vazndan xalos etish uchun zamonaviy plastik jarrohlar liposaktsiya usulidan foydalanadilar. Biroq, milodiy I asrdayoq semizlik bilan kurashishning mazkur usuli jarrohlarning saqlanib qolgan yozuvlarida ta’rilangan. Uyg’onish davrida plastik jarrohlik mustaqil tibbiyot sohasi bo’lib, unga «go’zallik jarrohligi» deb nom berilgandi. Bizgacha Italiyalik Gaspar Talyacotszi`ning 1597-yilgi shikastlangan burunni yelkadan olinadigan to’qimalar bo’laklari yordamida qayta tiklash bo’yicha traktati yetib kelgan. Talyakotszi burunni qayta tiklash uchun o’z texnikasini ishlab chiqdi va bu borada muvaffaqqiyatli operatsiyalar o’tkazdi, shu sababli zamonaviy jarrohlar unga plastik jarrohlikning asoschisi maqomini bergan. Biroq, uning zamondoshlari birinchi iste’dodli plastik jarrohning yutuqlarini qadrlashmadi. Uning harakatlarini jinoyatchilik deb hisoblab, uni nopok (diniy nuqtai nazardan) hududga dafn etishgan, o’sha davrlarda bunday joylarga yovuzlarni va o’z joniga qasd qilganlarni dafn etish qabul qilingan edi.

Zamonaviy plastik jarrohlik asoslari XIX asrning boshlarida, jarrohlar inson tashqi ko’rinishini o’zgartirish uchun yanada ilg’or vositalar va usullarni ishlab chiqqach (antiseptik vositalarning paydo bo’lishi va tarqalishi teri, tog’ay va boshqa to’qimalarni transplantatsiya qilish imkonini berdi) qo’yilgan edi.

1920-yillarning o’rtalariga kelib, birinchi jahon urushidan keyin, Yevropada ko’pgina yaralangan insonlar paydo bo’ldi, ular o’z kamchiliklariga ko’nishni istamadi va jarrohlarga nafaqat tananing u yoki bu zarar ko’rgan qismi vazifasini tiklash bilan emas, balki tashqi qiyofasini ham yaxshilashni so’rab murojaat qildi. Plastik jarrohlar to’qima transplantatsiyasi, mikrotomirlar, yuz-jag’ jarrohligi va lipektomiya bo’yicha yuzlab innovatsion usullarni ishlab chiqishda kashshof bo’lib xizmat qildi. Plastik va rekonstruktiv jarrohlikning kashfiyotchilari va asoschilaridan biri taniqli arman-amerika xirurgi Varazdat Gazandyan hisoblanadi.

1950-yillarda, ikkinchi jahon urushidan keyin terining transplantatsiyasi texnikasining yanada takomillashishi va yangi anesteziyaning sifati (mahalliy og’riqsizlantirish ostida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati) plastik jarrohlikni yanada xavfsizroq qildi va shuning uchun u yanada keng tarqaldi.

Plastik jarrohlikning turlari

Plastik jarrohlik ikkita asosiy turga bo’linadi — rekonstruktiv va estetik.

Rekonstruktiv plastik jarrohlik deformatsiyalarni, to’qima va a’zolarda nuqsonlarni bartaraf etishga va ularning vazifalarini plastik jarrohlik usullari bilan tiklashga yordam beradi. Bunday operatsiyalar jarohat, kasallik tufayli tan jarohati olgan yoki tug’ma nuqsonlari bo’lgan shaxslarda amalga oshiriladi. Muvaffaqiyatli rekonstruktiv jarrohlik insonning hayot sifatini tubdan o’zgartirishi, uning to’laqonli hayotni tuyishini tiklashga yordam berishi, shuningdek, ochiq-oydin genetik nuqsonlarni potentsial turmush o’rtog’idan yashirishga yordam beradi.

Estetik plastik jarrohlik — tashqi ko’rinishini yaxshilash maqsadida plastik jarrohlik usullarini qo’llashdir. Bu kabi amaliyotlar nafaqat odamlar yoshligini uzaytiradi va o’z ularga go’zalliklarini his qilishga yordam beradi, balki ular o’zlarida haqiqiy yoki tasavvuridagi nomukammalliklar mavjud deb hisoblashi tufayli yuzaga keladigan emotsional stressni bartaraf qiladi va shu bilan birga hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Estetik plastik jarrohlik amaliyoti o’tkazilishi sohasiga muvofiq ravishda tasniflanishi mumkin:

  • Yuzni yoshartirish (ritidektomiya, feyslifting);
  • Qosh va peshtonani torttirish (frontlifting);
  • Qovoqlar plastikasi (blefaroplastika);
  • Burun plastikasi (rinoplastika, septoplastika);
  • Quloq suprasi plastikasi (otoplastika);
  • Lablar plastikasi (xeyloplastika);
  • Soch ko’chirib o’tkazish;
  • Iyak plastikasi (mentoplastika, mandibuloplastika yoki genenioplastika);
  • Yonoqlar plastikasi (malyarplastika);
  • Bo’yin va iyak sohasi plastikasi (servikoplastika);
  • Ko’krak plastikasi (mammoplastika);
  • Qorin plastikasi (abdominoplastika, liposaktsiya);
  • Dumbalar plastikasi (glyuteoplastika);
  • Qo’llarning plastikasi (braxioplastika);
  • Kichik boldir va sonning ichki yuzasi plastikasi (kruroplastika va femurplastika);
  • Kichik va katta jinsiy lablar plastikasi (labioplastika);
  • Qizlik pardasi plastikasi (gimenoplastika);
  • Qin plastikasi (vaginoplastika);
  • Jinsiy olat (falloplastika) va chekka kertmak plastikasi (preputsioplastika);
  • Bo’yin plastikasi (plastizmoplastika);
  • Ozishdan so’ng terini torttirish (pannikulektomiya, torsoplastika);
  • Kombinativ plastika (ikki yoki undan ortiq joylar);
  • Rekonstruktiv plastika (massiv tashqi jarohatlarda).

Eng mashhur estetik plastik jarrohliklardan biri liposaksiya hisoblanib, ko’rsatmalarga qarab turli sohalarda amalga oshiriladi.

Tendentsiyalar

Lipofilling

Tananing ma’lum qismiga bemorning o’z yog’ to’qimalari hisobiga hajm berish operatsiyasi. Bemorlar sun’iy materiallar, masalan silikon o’rniga to’ldirigich sifatida o’zlarining yog’li to’qimalarini ishlatishni tobora ko’proq talab qilishmoqda. Masalan yosh o’tishi bilan yuzning shakli o’zgaradi va yuzdagi chuqurlar bemorning yog’ to’qimalari bilan to’ldiriladi.

Operatsiyadan keyingi izlarning yo’qligi

Mijozlar jarrohlik amaliyotlaridan keyin hech qanday chandiqlar, choklar va yaralar bo’lmasligi kerakligini istashadi. Shu sababli nooperativ usullar — radio to’lqinlari va lazer yordamida bajariladigan muolajalar mashhur bo’lib bormoqda.

Plastik operatsiya: psixologik jihatlar

Psixologlarning so’nggi tadqiqotlariga ko’ra, ko’pincha (40% hollarda) plastik jarrohlikka oilali va faol hayot tarzi bilan shug’ullanadigan ayollar murojaat etishmoqda. Shu bilan birga, 2000-yillarning boshida esa estetik tibbiyot xizmatlariga depressiv sindromdan aziyat chekadigan va oilasiz ayollar (57% hollarda) murojaat qilishardi.

Psixologik ko’rsatmalar bo’yicha, plastik jarrohlik qilish mumkin bo’lmagan yoki tavsiya etilmaydigan kishilar toifalari mavjud, ularga:

  1. Ruhiy kasallikdan aziyat chekadigan odamlar.
  2. Ma’lum bir anatomik mukammallikka intiladigan odamlar.
  3. Plastik jarrohlikni doimiy qildiradigan odamlar.

Ushbu guruhlarning barchasi klinikalarga plastik operatsiyalar o’tkazish istagi bilan murojaat qilganda psixolog bilan maslahatlashishlari kerak.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 1 ta baho berilgan
Загрузка...
Загрузка...
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *